date

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga soxta tabiblar haqida ogohlantirish berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga soxta tabiblar haqida ogohlantirish berdi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda xalq tabobatini rivojlantirish, soha mutaxassislarining malakasini oshirish va uni zamonaviy tibbiyot tizimiga integratsiya qilish yo‘nalishida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 150 ta tadbirkorlik subyekti tegishli litsenziya asosida xalq tabobati bo‘yicha samarali faoliyat yuritmoqda.

Biroq oxirgi vaqtlarda litsenziyaga ega bo‘lmagan, tasdiqlanmagan va ruxsat etilmagan usullardan foydalanib kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolash bilan shug‘ullanayotgan, inson sog‘ligi va hayotiga xavf tug‘dirayotgan soxta tabiblar soni ortib bormoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zini “g‘ayritabiiy qobiliyatga ega” deb tanishtirayotgan va sinovdan o‘tmagan “xizmatlar”ni taklif qilayotgan shaxslar faolligi ko‘zga tashlanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu holatlar davolashning milliy klinik protokol va standartlariga mutlaqo mos kelmasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, bunday shaxslarga hech qanday litsenziya berilmagani, ularning xizmatlaridan foydalanish inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi ta’kidlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga soxta tabiblar haqida ogohlantirish berdi