Abituriyentlar tanlovdagi o‘rnini onlayn bilishi mumkin bo‘ladi

1 daqiqa o'qish7.7K
Abituriyentlar tanlovdagi o‘rnini onlayn bilishi mumkin bo‘ladi

Yurtimizda oliy ta’limga kirish jarayonining muhim bosqichi — tanlov bosqichi yakunlandi. Endi abituriyentlar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlarda nechanchi o‘rinda ekanini aniq bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu jarayon imtihonning ikkinchi bosqichi tugaganidan bir necha kun o‘tib amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, abituriyentlar tanlagan beshta yo‘nalish bo‘yicha o‘z o‘rnini ko‘rishi, shuningdek, boshqa nomzodlarning natijalari bilan ham tanishishi mumkin bo‘ladi. Bu orqali har bir talabgor o‘z imkoniyatlarini baholab, o‘qishga kirish ehtimolini oldindan hisoblab olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, tanlov bosqichi kecha — 8 avgust kuni soat 23:59 da rasman yakunlandi. Belgilangan muddat tugagach, abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirish yoki ma’lumot kiritish imkoniyati berilamaydi. Shu sababli, barcha qarorlar va tanlovlar belgilangan vaqtda amalga oshirildi.

Mutasaddilarning aytishicha, ushbu yangilik abituriyentlar uchun jarayonning ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, har bir yosh o‘z natijalarini boshqalarniki bilan taqqoslab, kelgusi qadamlarini rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?