Turistlar endi mahalliy uylarda milliy taomlardan bahramand bo‘ladi

1 daqiqa o'qish232
Turistlar endi mahalliy uylarda milliy taomlardan bahramand bo‘ladi

O‘zbekistonda gastronomik turizmni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan raqamli loyiha yo‘lga qo‘yildi. Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, endilikda sayyohlar eaten.uz onlayn-platformasi orqali mahalliy aholi uylariga tashrif buyurib, milliy taomlardan tatib ko‘rishlari mumkin.

Yangi servis hozircha Samarqand shahri va Urgut tumanida ishga tushirilgan bo‘lib, undan foydalanuvchilar nafaqat taomlarning tayyorlanish jarayonida ishtirok etadi, balki to‘ylar yoki turli oilaviy bayramlar kabi milliy marosimlarda ham ishtirokchi bo‘lish imkoniga ega bo‘ladilar.

Platformada qulay izlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan — sayyohlar o‘z qiziqishlari va manziliga qarab uy tanlay oladi. Shu tariqa, har bir mehmon mahalliy oilalar hayotiga yaqindan nazar tashlab, xalqning qadriyatlari, urf-odatlari va milliy oshxonasi bilan to‘liq tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Loyihaning yana bir muhim jihati — u mahalliy aholi uchun qo‘shimcha daromad manbai yaratishni maqsad qilgan. Odatiy oilalar o‘z uylarini sayyohlar uchun ochish orqali turizm iqtisodiyotida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi. Mutahassislar fikricha, bunday tashabbus mamlakatning madaniy va gastronomik salohiyatini xalqaro maydonda yanada keng yoritishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, eaten.uz O‘zbekistonning eng katta boyligi — uning odamlari, madaniyati va milliy taomlari orqali mamlakatni sayyohlarga yangicha talqinda namoyon qilishga qaratilgan. Kelgusida platforma hududlar bo‘ylab kengaytirilishi va gastroturizmni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?