date

“Namunali xavfsiz ko‘cha” va “namunali xavfsiz uy” larga belgilar o‘rnatiladi

“Namunali xavfsiz ko‘cha” va “namunali xavfsiz uy” larga belgilar o‘rnatiladi

Shahar va qishloq hududlarida aholining xavfsizligini oshirish maqsadida “namunali xavfsiz ko‘cha” va “namunali xavfsiz uy”larni tashkil etishga oid infratuzilmaviy talablar belgilandi. Ushbu talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Tunggi vaqtda ko‘chaning aholining yashashi va harakatlanishi mumkin bo‘lgan qismi to‘liq yoritilishi;

  • Berk ko‘chalar, ichki yo‘laklar hamda jinoyat sodir etilishi mumkin bo‘lgan qorong‘i hududlarning qisman yoritilishi;

  • Transport vositalari uchun avtoturargohlarning texnik kuzatuv talablariga javob berishi;

  • Ko‘chalarda noqonuniy (yoyma) savdo rastalari faoliyati tartibga solinishi;

  • Qarovsiz yerto‘la, chordoq va chiqindixonalar mavjud bo‘lmasligi.

Og‘ir mahallalarda ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha vazifalar har chorak va har oyda mahalla, tuman va viloyat darajasida ishlab chiqiladigan “yo‘l xaritalar”iga aniq ko‘rsatmalar bilan kiritiladi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tomonidan “namunali xavfsiz ko‘cha” va “namunali xavfsiz uy”larning boshlanish va tugash nuqtalariga ushbu ijtimoiy maqomni bildiruvchi stikerlar o‘rnatiladi. Bu stikerlar aholiga xavfsizlikni oshirish, tartib-intizomni mustahkamlash va jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarni vizual tarzda ko‘rsatish maqsadida xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Namunali xavfsiz ko‘cha” va “namunali xavfsiz uy” larga belgilar o‘rnatiladi