O‘zbekiston Respublikasida oilaviy ziddiyatlarni barvaqt aniqlash va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida yangi tartib joriy qilinmoqda. Joriy yilning 18-avgust kuni Prezident qarori bilan jinoyatchilik xavfi yuqori bo‘lgan mahallalarda “nizoli va janjalkash” oilalarning holatidan har 3 kunda xabar olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Yangi tartibga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari hamda “mahalla yettiligida” tarkibidagi fuqarolar oilaviy mojaro bo‘lishi mumkin bo‘lgan xonadonlarni doimiy ravishda nazorat qiladi. Mahallalarda esa “mahalla targ‘ibotchilari” nomli jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi, ular oilalarga yordam berish va nizolarni oldini olish bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Qarorga muvofiq, jinoyatchilik xavfi yuqori bo‘lgan mahallalar to‘liq video kuzatuv tizimi bilan jihozlanadi, xavfsizlikni oshirish maqsadida “tashvish tugmalari” o‘rnatiladi va ilg‘or tajriba sifatida “namunali xavfsiz uy” hamda “namunali xavfsiz ko‘cha” loyihalari amalga oshiriladi. Ushbu chora-tadbirlar aholi xavfsizligini oshirish, oilaviy nizolarni kamaytirish va jamiyatda barqaror muhitni ta’minlashga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!