OLX Uzbekistan TBC Bank tarkibiga qo‘shiladi

1 daqiqa o'qish366
OLX Uzbekistan TBC Bank tarkibiga qo‘shiladi

TBC Bank guruhi OLX Uzbekistan onlayn e’lonlar servisining nazorat paketini sotib olish bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi, deb Kursiv xabar berdi.

Bu xarid uchun TBC Bank xalqaro investorlar qo‘llab-quvvatlagan Titan Investments xoldingi bilan qo‘shma korxona tuzdi. Aksiyalar OLX Group’dan sotib olinadi, ushbu guruh Prosus tarkibiga kiradi.

Tuzilgan kelishuvga ko‘ra, TBC Bank 50% + 1 dona aksiya egasiga aylanadi, qolgan ulush Titan Investments’ga tegishli bo‘ladi. Hozirda shartnomani rasmiylashtirish uchun regulatorlar roziligi kutilyapti.

TBC Bank ma’lum qilishicha, Prosus bilan tuzilgan bitim bankka OLX UZ orqali yangi mijozlar segmentiga chiqish imkonini beradi. OLX Uzbekistan sayti mamlakatdagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan 6-sayt hisoblanadi.

Ayni paytda OLX Uzbekistan’da oyiga 5,4 million faol foydalanuvchi va 2,2 million faol e’lon mavjud. OLX brendi O‘zbekistonda o‘z nomi bilan faoliyat yuritishda davom etadi.

TBC Bank servisni o‘z ekotizimiga integratsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu esa raqamli xizmatlar doirasini yanada kengaytirish imkonini beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?