«Uzbekistan Airports» xaridlarida qonunbuzilish aniqlandi
1 daqiqa o'qish327

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 6,8 milliard so‘mlik davlat xaridi amaldagi qonun talablariga zid ravishda o‘tkazilganini aniqladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Uzbekistan Airports» AJ buyurtmasi asosida bodi-kameralarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmati uchun o‘tkazilgan tanlovda bir qator qonunbuzilish holatlari qayd etilgan.
O‘rganish davomida takliflar to‘liq va xolis baholanmagani, o‘zaro manfaatdor shaxslar tanlovda qatnashgani hamda baholashda ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani tasdiqlandi. Agentlik taqdimnomasi asosida xarid komissiyasi qarorlari bekor qilindi va noqonuniy xaridning oldi olindi.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…