date

O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarning ko‘pchiligi necha yoshdaligi aniqlandi

O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarning ko‘pchiligi necha yoshdaligi aniqlandi

Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning yanvar–iyul oylari davomida O‘zbekistonga kelgan xorijlik turistlar haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu davrda mamlakatimizga jami 6 million 300 ming nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.

Eng e’tiborli jihati — O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarning qariyb yarmini 31 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etmoqda. Aniq raqamlarga ko‘ra, bu toifadagi mehmonlar soni 3 million 196 ming 729 nafarni tashkil qilgan. Bu esa mamlakatimizning aynan o‘rta yoshli sayyohlar uchun qiziq va jozibador yo‘nalish ekanini ko‘rsatadi.

Yosh bo‘yicha taqsimot quyidagicha:

  • 0–18 yoshdagi sayyohlar – 849 947 nafar;
  • 19–30 yoshdagilar – 1 030 286 nafar;
  • 31–55 yoshdagi mehmonlar – 3 196 729 nafar;
  • 56 yosh va undan katta sayyohlar – 1 242 157 nafar.

Tahlilchilar fikricha, 31–55 yoshdagi insonlar ko‘pincha moliyaviy jihatdan mustaqil, faol turmush tarziga ega hamda tarixiy va madaniy obidalarga, sog‘lom turizm imkoniyatlariga qiziqish bildiruvchi guruh hisoblanadi.

Bunday ommaviy oqim mamlakat turizm salohiyatini yanada yuksaltirish, infratuzilmalarni rivojlantirish va turli yoshdagi sayyohlar ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston hududlarida sayyohlar uchun qulayliklar yaratish, yangi yo‘nalishlarni ishga tushirish va xizmatlar sifatini oshirish orqali turistlar oqimi yanada ortishi kutilmoqda. Mazkur raqamlar mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishning tobora ortayotganini yana bir bor tasdiqlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarning ko‘pchiligi necha yoshdaligi aniqlandi