date

4 ta pedagogika oliygohida rahbarlar almashdi — kim qaysi lavozimga tayinlandi?

4 ta pedagogika oliygohida rahbarlar almashdi — kim qaysi lavozimga tayinlandi?

Oliy ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi — hukumatning tegishli qarorlari bilan mamlakatimizdagi to‘rtta muhim pedagogika oliygohida yangi rektorlar faoliyat boshladi. Tayinlovlar Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshirildi. Ushbu o‘zgarishlar ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, innovatsion yondashuvlar joriy etish va malakali kadrlar tayyorlashda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Yangi tayinlangan rahbarlar quyidagilar:

  • Yo‘ldoshev Maqsudjon AbdullayevichJizzax davlat pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
  • Toshkenboyev Ulug‘bek Nig‘matovich — Toshkent shahrida joylashgan “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” filialiga ijrochi direktor etib tasdiqlandi. Ilgari u Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.
  • Saidov Mash’al Samadovich Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. Bunga qadar u Alfraganus universitetida Menejment va marketing kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
  • O‘roqov Sherzod Rahmonovich — yaqinda tashkil etilgan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. U Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida direktor sifatida mehnat qilgan.

Mazkur tayinlovlar pedagogik ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish va kelajak muallimlarini munosib tayyorlashda katta ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda. Yangilangan rahbarlar jamoasi ta’lim muassasalarida sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish borasida muhim vazifalarni zimmasiga oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 4 ta pedagogika oliygohida rahbarlar almashdi — kim qaysi lavozimga tayinlandi?