date

O‘zbekistonda sud-ekspertiza faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi

O‘zbekistonda sud-ekspertiza faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi

O‘zbekistonda sud-ekspertiza tizimini yanada takomillashtirish va sohani zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish maqsadida muhim qadam tashlandi. Prezident tomonidan qabul qilingan “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror sohada tub islohotlar uchun huquqiy asos yaratdi.

Mazkur hujjatda sud-ekspertiza faoliyatining asosiy maqsad va vazifalari aniq belgilab olindi. Jumladan, sud-ekspertiza jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va ishonchliligini ta’minlash belgilandi. Bu esa fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda katta ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, qarorga muvofiq, sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertlik tayinlovchi organlar o‘rtasida to‘liq elektron hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali sohada elektron hujjatlar aylanishi 100 foizga yetkazilishi belgilangan.

Endilikda sudlar, surishtiruv va tergov organlari, ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega tuzilmalar bilan elektron hujjatlar almashishni ta’minlaydigan “E-ekspertiza” axborot tizimi sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga bosqichma-bosqich to‘liq tatbiq etiladi.

Ushbu platforma orqali hujjatlar yuritish shaffof va tezkor yo‘lga qo‘yiladi. Shu tariqa, qog‘ozbozlikka barham beriladi, ortiqcha vaqt va mablag‘ sarfi kamayadi. Shu bilan birga, har bir ish jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.

“E-ekspertiza” platformasi quyidagi bosqichlarda ishga tushiriladi:
– 2026 yil 1 yanvardan respublika darajasidagi ekspertlik organlarida;
– 2026 yil 1 iyundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridagi organlarda;
– 2026 yil 1 sentyabrdan esa tuman va shahar darajasidagi ekspertlik tashkilotlarida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda sud-ekspertiza faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi