O‘zbekiston MDH ombor bozori bo‘yicha kuchli uchlikda

1 daqiqa o'qish389
O‘zbekiston MDH ombor bozori bo‘yicha kuchli uchlikda

NF Group ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yuqori sifatli ombor ko‘chmas mulki hajmi bo‘yicha MDH davlatlari orasida uchinchi o‘rinni egalladi, deb Kursiv.uz xabar berdi. 2025 yilning uchinchi choragida mamlakatda jami 555 ming kvadrat metr ombor maydoni qayd etilgan.

Reytingda Qozog‘iston (1,78 mln kv. m) va Belarus (1,72 mln kv. m) yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston esa kuchli uchlikka kirib, ombor infratuzilmasini rivojlantirayotgan davlatlar qatoriga qo‘shildi.

Mavjud omborlarning 56 foizi B sinfiga to‘g‘ri keladi. 53 foizi spekulyativ loyihalar bo‘lib, 20 foizi kompaniyalarning o‘z ehtiyojlari uchun, 15 foizi esa logistika (3PL) operatorlari ixtiyorida.

2024 yil 4-choragidan 2025 yil 3-choragigacha mamlakatda 160 ming kv. m yangi ombor maydonlari foydalanishga topshirildi. 2026 yil oxirigacha yana 370 ming kv. m ombor qurilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda bo‘sh ombor maydonlari darajasi juda past — atigi 1,7 foizni tashkil etadi. Ijara narxlari esa: A sinfidagi omborlar uchun o‘rtacha yillik $156 (taxminan 1,9 mln so‘m), B sinfi uchun esa $90 (taxminan 1,1 mln so‘m).

O‘zbekiston MDH ombor bozori bo‘yicha kuchli uchlikda

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?