Toshkent avtobuslarida chiptasiz yo‘lovchilarga qarshi qat’iy reyd

1 daqiqa o'qish2.1K
Toshkent avtobuslarida chiptasiz yo‘lovchilarga qarshi qat’iy reyd

Toshkent shahar yo‘lovchi transportida nazorat yanada kuchaytirildi. Transport nazorati inspeksiyasi va yo‘lovchi transporti nazorat boshqarmasi xodimlari hamkorligida avtobuslarda reydlar muntazam o‘tkazilmoqda. Bu haqda mas’ul idoralar ma’lum qildi.

Yil boshidan beri poytaxtda olti mingdan ortiq yo‘lovchi chiptasiz sayohat qilgani uchun ushlangan. Har bir holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jarima miqdori BHMning 1/10 qismi — 41 200 so‘mni tashkil etadi. Bu esa avtobus yo‘l haqi — 1 700 so‘mdan qariyb 25 baravar qimmat hisoblanadi.

Qizig‘i shundaki, yanvardan avgustgacha bo‘lgan 7 oyda salkam 4 ming yo‘lovchi qoidabuzarlik qilgan bo‘lsa, keyingi bir yarim oyning o‘zida 2 mingdan ortiq “quyon” aniqlangan. Bu holat yo‘l haqini to‘lamaslik holatlari ortib borayotganidan dalolat bermoqda.

Shu bilan birga, qonunbuzarlik takrorlanganda javobgarlik yanada og‘irlashadi. Ma’muriy javobgarlik kodeksining 144-moddasiga muvofiq, yo‘lovchining chiptasiz sayohati uchun uch BHM — ya’ni 1 236 000 so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, nazorat tadbirlari davom etadi va barcha yo‘lovchilardan yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash qat’iy talab qilinadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?