Toshkent avtobuslarida yo‘lovchilarni bezovta qilgan reklama ovozi pasaytiriladi

Toshkent shahridagi jamoat avtobuslarida namoyish etiladigan reklama roliklarining ovoz balandligi pasaytiriladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda yo‘lovchilar avtobus salonidagi reklamalar ovozi balandligidan norozilik bildirib, bu borada o‘z e’tirozlarini yo‘llagan.
Yo‘lovchilar murojaatlarini inobatga olgan holda kompaniya vakillari avtobuslardagi reklama joylarini ijaraga olgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda reklama roliklari ovozini me’yorga keltirish masalasi muhokama qilingan.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarga reklama ovozini pasaytirish, yo‘lovchilarga ortiqcha shovqin va noqulaylik tug‘dirmaslik bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, jamoat transportida yo‘lovchilar uchun qulay muhit yaratish zarurligi ta’kidlangan.






























Izohlar 0
…