date

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo yanada isiydi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo yanada isiydi

O‘zbekistonda shu haftaning dam olish kunlari havo harorati bosqichma-bosqich oshib boradi. Sinoptiklarning ma’lumot berishicha, yakshanba kuni havo kunduzi +32…+34 darajagacha yetishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoldan xoli emas.

19–21 sentyabr kunlari mamlakatning katta qismida havo asosan yorug‘ va biroz bulutli bo‘ladi. Aksar hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” axborot xizmati ma’lum qildi.

Juma kuni kunduzi havo +25…+28 darajani tashkil etsa, respublikaning janubiy qismida +30 darajagacha ko‘tariladi. Shanbada cho‘l mintaqalari va janubda havo yanada isiydi, yakshanba kuni esa markaziy hududlarda harorat +32…+34 darajaga chiqishi prognoz qilinmoqda.

20–21 sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu hududlarda harorat +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi.

Shu bilan birga, shimoliy hududlar va cho‘l mintaqalarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkinligi aytilmoqda. Ayrim yerlarda shamol bilan birga chang‘-to‘zon kuzatilishi ham ehtimoldan yiroq emas.

Poytaxt Toshkentda esa dam olish kunlari havo biroz bulutli va vaqt-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soatiga 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat juma kuni +26 daraja, shanba kuni +28…+30 daraja, yakshanba kuni esa +32…+34 darajagacha ko‘tarilishi bashorat qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari havo yanada isiydi