Bugun O‘zbekistonning qaysi hududlarida yog‘ingarchilik kutilmoqda?

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- 3 noyabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz o‘zgaruvchan ob-havo kuzatilishi kutilmoqda.
- Faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda esa qor yog‘ishi ehtimoli mavjud.
- Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat kunduzi 20–22 daraja iliqni tashkil etadi.
O‘zgidromet 3 noyabr, seshanba kuni mamlakat hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Prognozga ko‘ra, respublikaning aksariyat hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa yomg‘ir, baland tog‘larda qor yog‘ishi ehtimoli bor.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esadigan shamol tezligi sekundiga 3–8 metrni tashkil etadi. Harorat kechasi 8–10 daraja, kunduzi esa 20–22 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida o‘zgaruvchan ob-havo saqlanib qoladi. Yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamolning tezligi 7–12 m/s bo‘ladi. Tunda havo harorati 7–12 daraja, kunduzi esa 18–23 daraja iliqni tashkil etadi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Hududlarda yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 18–23 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kun davomida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–14 daraja, kunduzi esa 20–25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida esa ob-havo biroz farq qiladi. Bu yerlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Shuningdek, ba’zi hududlarga tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan.






























Izohlar 0
…