date

Ehtiyojmand oilalar uchun 1 mln so‘mlik yordam ajratiladi

Ehtiyojmand oilalar uchun 1 mln so‘mlik yordam ajratiladi

2025/2026 yilgi qishki isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida katta ahamiyatga ega tashabbus amalga oshiriladi.

Noyabr oyi davomida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Kambag‘al oilalar reyestri” hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxat orqali aniqlangan oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam puli tarqatiladi.

Hozirgi vaqtda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va “Kambag‘al oilalar reyestri”da 816 mingga yaqin oila qayd etilgan. Shu bilan birga, “Mahalla yettiligi” qo‘shimcha ravishda yana 317 698 ta oilani ehtiyojmand sifatida aniqlab, ro‘yxatga kiritdi.

Birinchi navbatda moddiy ko‘mak quyidagi toifaga kiruvchi shaxslar va oilalarga beriladi:

  • asosiy boquvchisini yo‘qotganlar;
  • tarkibida I yoki II guruh nogironi mavjud oilalar;
  • nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turganlar;
  • gaz va markaziy isitish tizimidan xoli uylarda yashovchilar;
  • bir xonadonda 3 va undan ziyod oila a’zolari birgalikda yashaydigan holatlar;
  • og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar.

Moddiy yordamdan foydalanishni istaganlar arizalarini 25 sentyabrga qadar o‘z mahallasining “Mahalla yettiligi” orqali topshirishlari mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ehtiyojmand oilalar uchun 1 mln so‘mlik yordam ajratiladi