O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi Davlat komissiyasi majlisida muhim qarorlar qabul qilindi. Ushbu qarorlar orqali oliy ta’limga kira olmagan yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi belgilandi.
Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat yo‘nalishlarida bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. Bu tanlovda 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan yoshlar ishtirok etadi. Shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti yoki yo‘nalish tanlamagan abituriyentlarga ham yana bir imkoniyat beriladi.
Shu bilan birga, kirish sinovlari natijalari asosida abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt orqali ta’lim olish imkoniyati taqdim etiladi. Davlat komissiyasi, shuningdek, respublikadagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmalarini ham tasdiqladi.
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun alohida qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt o‘rinlari ajratilgani ham katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, Prezident granti kvotalari ta’lim sohalari kesimida qayta taqsimlandi va davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga tanlov natijalari ma’qullandi.
Oliy ta’limga kira olmagan yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar