Toshkent shahri hozirda dunyo bo‘ylab eng iflos shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Havo holati nafas olish uchun xavfli darajaga yetgan, ayniqsa shaharning Uchtepa va Olmazor tumanlarida.
Aholiga quyidagi tavsiyalar berildi:
-
Tashqarida vaqt o‘tkazishni iloji boricha kamaytirish;
-
Derazalarni yopiq holda saqlash;
-
Tashqariga chiqqanda niqob yoki respirator taqish.
Bundan tashqari, haftaning boshida magnit bo‘ronlari paydo bo‘ldi. Bu holat bosh og‘rig‘i, qon bosimi ko‘tarilishi va holsizlik kabi alomatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Qarshi shahrida ham havodagi RM-2.5 zarrachalari milliy normaga nisbatan 2-3 barobar oshgan.
Bunday yuqori darajadagi havodagi ifloslanish faqat transport va sanoat faoliyati bilan cheklanmaydi, balki qurilish materiallari, daraxtlarning kesilishi va yashil hududlarning kamayishi bilan ham bog‘liq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!