date

Xitoydan Toshkentga 100 ta elektrobus yo‘lga chiqdi

Xitoydan Toshkentga 100 ta elektrobus yo‘lga chiqdi
2025 yilda "O‘zbekiston – 2030" strategiyasining "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili" doirasida Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirishga oid yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, joriy yil oxirigacha 200 ta elektrobus va ular uchun zarur quvvatlash uskunalari xarid qilinadi.

Mazkur loyiha doirasida o‘tkazilgan tenderda Xitoyning "YUTONG BUS Co., Ltd." kompaniyasi g‘olib deb topildi. Kompaniya bilan tuzilgan shartnoma asosida 100 ta elektrobusdan iborat birinchi partiya Xorgos shahri orqali Qozog‘iston hududidan o‘tib, O‘zbekistonga yo‘lga chiqdi. Elektrobuslar sentyabr oyi oxirigacha to‘liq yetkazilishi rejalashtirilgan.

Loyiha Xitoyning Eximbank moliyaviy instituti hamda "O‘zsanoatqurilishbank" ATB hamkorligida moliyalashtirilmoqda. Elektrobuslar atmosferaga zararli moddalar chiqarmaydi, shovqinsiz va ekologik toza hisoblanadi.

Ushbu tashabbus poytaxtda xavfsiz, qulay va zamonaviy jamoat transporti tizimini shakllantirishda muhim bosqich bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xitoydan Toshkentga 100 ta elektrobus yo‘lga chiqdi