O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish va raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirish maqsadida Prezidentning 26 sentyabrdagi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2026–2027 yillarda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ orqali 4 trln so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshiriladi. Natijada kamida 5 mingta tadbirkorlik loyihasi hayotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.
Asosiy yangiliklar:
- 2025 yil 1 noyabrdan “chempion” tadbirkorlarni shakllantirish maqsadida tijorat banklari orqali ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarga 10 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
- “Yashil iqtisodiyot” va xizmat ko‘rsatish sohasidagi kichik loyihalar 500 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar bilan ta’minlanadi. Ular 6 foizgacha pasaytirilgan stavkalarda qayta moliyalash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
- 2025 yil 1 dekabrdan yirik tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha kafolatlar taqdim etiladi. O‘rta va yirik biznes uchun kafolat miqdori ularning aylanmasiga qarab oshiriladi. Yaxshi kredit tarixiga ega tadbirkorlarga kafolat hajmi amaldagi chegaradan 1,5 baravargacha ko‘tariladi.
- 2026 yildan boshlab olis hududlardagi kichik va o‘rta biznesga alohida imtiyozlar beriladi. Ularga berilgan kreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasiga nisbatan 4 foizlik punkt yuqori darajada qayta moliyalashtiriladi.
- Kambag‘al oilalardan xodim jalb etgan tadbirkorlar uchun kompensatsiya miqdori 2–6 foizgacha oshiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar