date

Endi pensiyalaringizni naqd shaklda Face ID orqali ololasiz

Endi pensiyalaringizni naqd shaklda Face ID orqali ololasiz
O‘zbekistonda oktyabr oyidan boshlab fuqarolarga pensiyalarni naqd shaklda to‘lashda yangi tizim ishga tushirildi, deb Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda pensiyani naqd oluvchi fuqarolar Face ID orqali biometrik identifikatsiyadan o‘tadi va pulni olganini elektron imzosi orqali tasdiqlaydi. Bu jarayon pensiyalarni fuqarolarga o‘z vaqtida va to‘liq yetkazishni ta’minlashga qaratilgan.

Jamg‘armaga ko‘ra, yangi usul “Xalq banki” tizimida uchragan soxta hisobot va boshqa shaxslarga pul to‘lab yuborish holatlarining oldini oladi.

Avvalroq, mamlakatda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklifi ham muhokama qilingan edi: erkaklar uchun — 63 yoshgacha, ayollar uchun — 58 yoshgacha.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Endi pensiyalaringizni naqd shaklda Face ID orqali ololasiz