Toshkent metropolitenida ta’mirlash sababli vaqtincha yopilgan “Texnopark – Qipchoq” yo‘nalishidagi 14 ta bekatdan iborat yer usti halqa yo‘lini 1 noyabrdan qayta ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Avvalroq yo‘nalish 18 oktyabrdan ochilishi belgilangan edi. Ammo qator texnik sinovlar davom etayotgani bois, ishga tushirish sana ikki haftaga kechiktirildi.
Mazkur vaqt mobaynida yo‘l holati yaxshilandi, nosoz shpallar almashtirildi, drenaj tizimlari hamda shagal qatlami tekshirib chiqildi. Hozirda poyezdlar yo‘lovchisiz tarzda sinovdan o‘tkazilmoqda.
Yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida “Texnopark – Qipchoq – Texnopark” yo‘nalishida bepul metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur avtobuslar faqat ushbu ikki bekat oralig‘ida qatnamoqda.
Ta’mirlangan halqa metro yo‘li tez kunlarda faoliyat boshlaydi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar