date

Vizasiz sayohat bo‘yicha O‘zbekiston pasporti nechinchi o‘rinda?

Vizasiz sayohat bo‘yicha O‘zbekiston pasporti nechinchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti vizasiz kirish mumkin bo‘lgan mamlakatlar soniga asoslangan reytingda 82-o‘rinni egalladi, deb “Henley & Partners” tomonidan e’lon qilingan indeksda qayd etildi. O‘zbekiston fuqarolari 61 ta davlatga vizasiz kirishi mumkin.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori natija Qozog‘istonga tegishli — 67-o‘rin. Qozog‘istonliklar 78 ta mamlakatga vizasiz safar qilishi mumkin. Qo‘shni mamlakatlar quyidagi o‘rinlarda joylashgan: Qirg‘iziston — 81-o‘rin (62 davlat), Tojikiston — 87-o‘rin (55 davlat), Turkmaniston — 93-o‘rin (48 davlat).

Reytingda Singapur 193 davlatga vizasiz kirish imkoniyati bilan 1-o‘rinni saqlab qolgan. Janubiy Koreya 190 mamlakat bilan 2-o‘rinda, Yaponiya esa 189 mamlakat bilan 3-o‘rinda. AQSH esa ilk bor kuchli o‘ntalikdan chiqib ketib, 12-o‘ringa tushgan. Rossiya 46-o‘rindan 50-o‘ringa pasaygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Vizasiz sayohat bo‘yicha O‘zbekiston pasporti nechinchi o‘rinda?