O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda 9 pog‘onaga pastladi

O‘zbekiston pasporti Henley Passport Index xalqaro reytingida 82-o‘rinni egalladi. Bu aprel oyidagi natijaga nisbatan 9 pog‘ona past. Bu haqda 22 oktyabr kuni yangilangan reyting ma’lumotlariga tayanib, Tafs.uz xabar berdi.
Yangi reytingda O‘zbekiston Burkina-Faso va Togo bilan bir xil o‘rinni egallagan. Mamlakat fuqarolari 57 ta davlat va hududga oldindan viza olmasdan yoki borgan joyida viza rasmiylashtirib safar qilishi mumkin.
Reytingda Singapur birinchi o‘rinda turibdi. Uning pasporti egalari 193 ta yo‘nalishga vizasiz safar qilish imkoniga ega. Ro‘yxatning eng quyi pog‘onasidan esa Afg‘oniston joy olgan — uning fuqarolari 22 ta yo‘nalishga vizasiz yoki borgan joyida viza olib safar qilishi mumkin.
Henley Passport Index davlat pasportlarini ular egalari oldindan viza olmasdan borishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar soniga qarab baholaydi. Reyting xalqaro safarlar uchun pasport taqdim etadigan imkoniyatlarni taqqoslashga xizmat qiladi.






























Izohlar 0
…