Toshkent xalqaro reklama festivali TAF!25 bo‘lib o‘tdi

Toshkent xalqaro reklama festivali TAF!25 bo‘lib o‘tdi

Anhor bog‘idagi karting maydonida Markaziy Osiyodagi eng yirik kreativ va samaradorlik bayrami — yettinchi Toshkent xalqaro reklama festivali TAF!25 bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasidagi xalqaro reklama konferensiyasida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Buyuk Britaniya va Singapurdan tashrif buyurgan kreativ direktorlar, marketologlar va PR mutaxassislari ishtirok etib, kreativ, brending, ta’lim va reklama kommunikatsiyalari bo‘yicha tajriba va keyslari bilan o‘rtoqlashishdi.

Tadbirga 2700 dan ziyod mehmon tashrif buyurdi. “Yil reklama mahsulotlari” ko‘rgazmasi doirasida 26 ta brend va agentlik o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etib, maxsus takliflar tayyorladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar