So‘nggi yillarda O‘zbekistonda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faolligi ortgan. Lekin ayrim kredit tashkilotlari tomonidan agressiv reklama va marketing usullari orqali aholi o‘rtasida moliyaviy xizmatlar ommalashmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, qarz yukining keskin o‘sishiga olib kelmoqda.
Raqobat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ko‘p hollarda bunday kredit mahsulotlari shunday tarzda reklama qilinadiki, fuqarolar asosan uni tez va oson olish imkoniyatiga e’tibor qaratadi. Biroq moliyaviy xatarlar haqida yetarli axborot berilmasligi oqibatida ko‘plab fuqarolar murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolmoqda.
Shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasi va Markaziy bank hamkorligida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish kiritish taklif qilinmoqda. Unga ko‘ra, kredit va mikroqarzlar reklama qilinganda, reklamani kamida 10 foizi moliyaviy xatarlar to‘g‘risidagi ogohlantirishga ajratilishi lozim. Ushbu tashabbus fuqarolarning moliyaviy ongini oshirish va ortiqcha qarzdorlikning oldini olishga qaratilgan.
Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni har qanday qarz majburiyatini olgan holda o‘z imkoniyatlarini aniq va mas’uliyatli baholashga, shuningdek, kredit shartlari, foiz stavkalari va to‘lov majburiyatlarini puxta o‘rganishga chaqirdi.
Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni qarz olishda ogohlikka chaqirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar