O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 milliondan oshdi

1 daqiqa o'qish297
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 milliondan oshdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar–iyun oylari yakunlariga ko‘ra, o‘rtacha oylik nominal ish haqi ilk bor 7 million so‘mlik chegaradan oshib, 7 million 91,1 ming so‘mni tashkil etdi.
  • Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,4 foizga yuqori ekani qayd etildi.
  • Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida 12 million 13,9 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, Navoiy viloyatida 8 million 722,7 ming so‘mga yetdi.

O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar–iyun oylari yakunlariga ko‘ra, o‘rtacha oylik nominal ish haqi ilk bor 7 million so‘mlik chegaradan oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha oylik maosh 7 million 91,1 ming so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,4 foizga yuqori ko‘rsatkichdir.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda xodimlarning o‘rtacha oylik daromadi 12 million 13,9 ming so‘mga yetgan. Navoiy viloyati 8 million 722,7 ming so‘m bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Qolgan hududlarda esa bu ko‘rsatkich asosan 4,8–6,7 million so‘m oralig‘ida shakllangan.

Sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori maosh bank, sug‘urta, lizing va moliyaviy xizmatlar yo‘nalishida qayd etilgan. Ushbu sohada o‘rtacha oylik ish haqi 19 million 100,2 ming so‘mni tashkil qildi. Axborot va aloqa sohasida bu ko‘rsatkich 17 million 417,4 ming so‘mga, tashish va saqlash tarmog‘ida esa 11 million 70 ming so‘mga yetgan.

2022-2026-yillar uchun o‘rtacha oylik ish haqining o‘sish dinamikasi grafigi.

Shuningdek, sanoat sohasida o‘rtacha oylik maosh 8 million 267 ming so‘m, qurilishda 7 million 27,9 ming so‘m, savdo tarmog‘ida 7 million 650,5 ming so‘mni tashkil etgan.

Ijtimoiy sohalarda ham ijobiy o‘sish kuzatildi. Jumladan, ta’lim tizimida o‘rtacha ish haqi 4 million 977,1 ming so‘mga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida esa 4 million 440,3 ming so‘mga yetgan. Har ikki yo‘nalishda ham o‘tgan yilga nisbatan 20 foiz atrofida o‘sish qayd etilgan.

Mutaxassislar fikricha, o‘rtacha oylik ish haqining o‘sishi mehnat bozoridagi faollik va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida ish haqlari bosqichma-bosqich oshirilayotgani bilan izohlanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?