Bugun Toshkentda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin — komissiya ogohlantirdi

Bugun, 4 oktyabr kuni Toshkent shahrida yomg‘ir oldidan qisqa muddatli chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tuzilgan Maxsus komissiya ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, global ob-havo modellari va O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, nam havo massalari kirib kelishidan oldin shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda. Shamol tezligi sekundiga 3–8 metrni, ayrim hududlarda esa 10–14 metrni tashkil etishi mumkin.
Kuchliroq shamol tufayli ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang zarrachalari, xususan, PM10 miqdori qisqa muddatga ortishi ehtimoli bor.
Maxsus komissiya hozirda poytaxt havosi sifatini doimiy kuzatib bormoqda.






























Izohlar 0
…