
O‘zbekiston bo‘ylab hunarmandlar soni 22 mingdan ortiq ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga, mamlakatda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 22 100 nafarni tashkil etgan.
Hududlar bo‘yicha tahlilga ko‘ra, eng ko‘p hunarmandlar Toshkent shahrida — 2 964 ta, Farg‘ona viloyatida — 2 743 ta va Samarqand viloyatida — 2 179 ta faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, Andijon viloyatida — 2 058 ta, Namanganda — 2 024 ta, Xorazmda — 1 982 ta, Toshkent viloyatida — 1 731 ta, Buxoroda — 1 434 ta, Qashqadaryoda — 1 427 ta hunarmand qayd etilgan.
Hunarmandlar soni nisbatan kamroq bo‘lgan hududlar quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 981 ta, Jizzax — 923 ta, Surxondaryo — 786 ta, Sirdaryo — 449 ta va Navoiy viloyati — 419 ta.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.