date

Havo tozalagichlarni olib kirishda bojxona boji bekor qilindimi?

Havo tozalagichlarni olib kirishda bojxona boji bekor qilindimi?

Prezident farmoniga binoan, endilikda fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari O‘zbekiston hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod qilinadi.

Bojdan ozod etiladigan tovarlar TIF TN kod 8509 80 bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan. Bu qaror aholining ekologik xavfsizligini oshirish va sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan.

Shuningdek, maxsus laboratoriya jihozlari, avtomatlashtirilgan kichik stansiyalar, avtomatik monitoring va kuzatuv tizimlari, chang-gaz tozalash uskunalari hamda lokal suv tozalash inshootlari ham bojdan ozod qilindi.

Mazkur uskunalar TIF TN kodlari 9027 va 8421 orqali keltirilmoqda. Bu imtiyozlar atrof-muhitni himoya qilishga xizmat qiluvchi texnologiyalarni keng joriy etish imkonini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Havo tozalagichlarni olib kirishda bojxona boji bekor qilindimi?