Saida Mirziyoyeva axlat qutisidagi mushukchani ko‘rib, befarq o‘tib ketmadi (video)

Saida Mirziyoyeva axlat qutisidagi mushukchani ko‘rib, befarq o‘tib ketmadi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning sayr vaqtida axlat qutisidagi mushukchani ko‘rib, unga yordam bergani aks etgan video tarqaldi.

Videoda Saida Mirziyoyeva axlat qutisi ichida qolib ketgan mushukchani ko‘rib, befarq o‘tib ketmagani ko‘rinadi. U mushukchani qo‘liga olib, axlat qutisidan chiqarib, qo‘yib yuborgan.

Shundan so‘ng Saida Mirziyoyeva qilgan ishidan xursand bo‘lib, hayvonlarga mehr bilan munosabatda bo‘lish kerakligini aytgan.

“Bularni yaxshi ko‘rish kerak. Payg‘ambarimiz alayhissalom bularni siylaganlar, yaxshi ko‘rganlar”, — degan u.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng foydalanuvchilar ham holatga munosabat bildirib, Saida Mirziyoyevaning mushukchaga yordam berganini iliq fikrlar bilan qarshi olgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar