
Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan “Qorasuv” suv omborida suv miqdori so‘nggi yillarda sezilarli darajada kamayib borayotgani aniqlangan. Bu haqda sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini kuzatib boruvchi Cosmo Monitoring kanali xabar berdi.
Sig‘imi 26,9 million kubometr bo‘lgan mazkur ombor odatda 8 100 gektar yer maydonini sug‘orish imkonini yaratadi. Ammo kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, yillik suv zaxiralari izchil ravishda qisqarib bormoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil may oyida omborda 42,1 million kubometr suv mavjud bo‘lgan — bu me’yoriy sig‘imdan ham yuqori ko‘rsatkich edi. Hozirda esa suv hajmi sezilarli darajada kamayib, ayrim hududlar deyarli qurib qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.