date

Uy yoki mashinani naqdga ololmaysiz — 2026-yildan yangi qoidalar kuchga kiradi

Uy yoki mashinani naqdga ololmaysiz — 2026-yildan yangi qoidalar kuchga kiradi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-apreldan boshlab naqd pul aylanmasini qisqartirish va iqtisodiy shaffoflikni oshirishga qaratilgan muhim moliyaviy tartiblar joriy etiladi. Prezident farmoniga ko‘ra, qator tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi shart bo‘ladi.

Yangi tartibga muvofiq, quyidagi yo‘nalishlarda naqd puldan foydalanish taqiqlanadi:

  • davlat xizmatlari uchun to‘lovlar;

  • kommunal xizmatlar (elektr, gaz, suv);

  • alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi;

  • AYOQShlarda yoqilg‘i va elektrotransportlar uchun quvvatlash xizmatlari;

  • 25 million so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha tovar va xizmatlar;

  • ko‘chmas mulk oldi-sotdisi;

  • ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O, G toifadagi avtomobillar va maxsus texnika savdosi.

Bu o‘zgarishlarga ko‘ra, 2026-yildan boshlab uy, yangi avtomobil yoki boshqa katta qiymatdagi aktivlarni naqd pulga xarid qilish imkoni bo‘lmaydi. Barcha yirik bitimlar faqat bank orqali rasmiylashtiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Uy yoki mashinani naqdga ololmaysiz — 2026-yildan yangi qoidalar kuchga kiradi