date

Jiddadan Toshkentga yo‘l olgan samolyot Bahrayn aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Jiddadan Toshkentga yo‘l olgan samolyot Bahrayn aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Jiddadan Toshkentga yo‘l olgan Air Samarkand aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti parvoz vaqtida favqulodda tarzda Bahrayn aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bunga bortdagi yoshi katta yo‘lovchilardan birining sog‘ligi keskin yomonlashgani sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, parvoz chog‘ida yo‘lovchining yuragi to‘xtab qolgan. Vaziyatni inobatga olgan ekipaj a’zolari zudlik bilan eng yaqin aeroportga qo‘nish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Samolyot Bahraynga qo‘ngach, bortga tibbiyot xodimlari brigadasi chaqirilgan.

Yo‘lovchiga samolyot ichidayoq imkon qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Keyinchalik mahalliy shifokorlar tomonidan reanimatsion choralar amalga oshirilgan.

Favqulodda vaziyatdan so‘ng havo kemasi zarur texnik tekshiruvlardan o‘tib, yonilg‘i bilan ta’minlangan. Shundan keyin reys Toshkentga qarab parvozni davom ettirgan.

Natijada samolyot poytaxt aeroportiga taxminan 2 soat kechikib, mahalliy vaqt bilan soat 9:49 da muvaffaqiyatli qo‘nib kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jiddadan Toshkentga yo‘l olgan samolyot Bahrayn aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi