Talabalar uchun Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushdi

Talabalar uchun Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushdi

Toshkentda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun vaqtinchalik avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

7 sentyabrdan boshlab «Mirzo Ulug‘bek» metro bekati — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yo‘nalishida 4 ta katta sig‘imli avtobus xizmat ko‘rsata boshladi.

Yangi avtobuslar ertalabgi tirband vaqtda — 07:00 dan 08:00 gacha harakatlanadi. Ular talabalarni universitetning ikki o‘quv binosiga olib boradi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur yo‘nalish universitet talabalarining asosiy qismi «Chilonzor» metro bekatidan avtobusga o‘tishi natijasida yuzaga kelayotgan transport yuklamasini kamaytirish maqsadida tashkil etilgan.

Shu tariqa ertalab o‘qishga oshayotgan talabalar uchun jamoat transportidan foydalanishda qo‘shimcha qulaylik yaratiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar