Metrodan topilgan 10 ming dollar egasiga qaytarildi

Metrodan topilgan 10 ming dollar egasiga qaytarildi

Qozog‘iston fuqarosi Toshkentning Sergeli tumaniga avtomobil xarid qilish maqsadida kelgan. Biroq mashina sotib olish imkoni bo‘lmagach, o‘zi bilan olib kelgan 10 ming AQSH dollarini yo‘qotib qo‘ygan.

Keyinchalik pullar metro hududida xizmat vazifasini bajarayotgan Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimi tomonidan topilgan.

Shundan so‘ng tegishli choralar ko‘rilib, mablag‘larning qonuniy egasi aniqlangan. 10 ming AQSH dollari belgilangan tartibda to‘liq holda egasiga qaytarilgan.

Qozog‘iston fuqarosi pullari qaytarilganini tasdiqlab, ichki ishlar organlari xodimlariga alohida minnatdorlik bildirgan.

«Barcha pullarim qaytarildi. Hammaga rahmat. Ichki ishlar organlari xodimlariga alohida minnatdorlik bildiraman. Ular juda tez harakat qilishdi», degan u.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar