Rossiyaliklar Yangi yilni kutib olish uchun Toshkentga shoshilmoqda

Toshkent rossiyaliklar orasida Yangi yil ta’tilini xorijda o‘tkazish uchun eng ommabop yo‘nalishga aylandi. Bayram kunlari uchun Rossiyadan sotib olingan xorijiy aviachiptalarning qariyb 10 foizi aynan Toshkent hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ommaviy yo‘nalishlar reytingida Armaniston poytaxti Yerevan 7,6 foiz bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Farg‘ona esa 4,3 foiz ko‘rsatkich bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.
Shuningdek, rossiyaliklar tanlagan eng mashhur o‘nta yo‘nalish qatoriga O‘zbekistonning yana ikki shahri — Samarqand va Urganch ham kirgan. Ularning ulushi mos ravishda 3,2 va 2,9 foizni tashkil etgan.
Bu ma’lumotlar Yangi yil bayramlarida O‘zbekiston shaharlari rossiyalik sayyohlar uchun talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar qatorida ekanini ko‘rsatadi.






























Izohlar 0
…