date

Andijondan uchgan samolyot Madinaga yetolmay ortga qaytdi

Andijondan uchgan samolyot Madinaga yetolmay ortga qaytdi

Eron hududida boshlangan harbiy harakatlar fonida Yaqin Sharq yo‘nalishlarida parvozlar bilan bog‘liq jiddiy cheklovlar joriy etildi. Xususan, Erondagi keskin vaziyat sababli O‘zbekistondan Saudiya Arabistonining muqaddas shaharlariga amalga oshiriladigan barcha reyslar vaqtincha bekor qilindi.

Shu sababli Andijondan Madinaga qarab havoga ko‘tarilgan samolyot bortidagi yo‘lovchilar yarim yo‘ldan ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, parvoz davomida xavfsizlik nuqtayi nazaridan marshrut o‘zgartirilgan va samolyot O‘zbekistonga qaytarilgan.

Ayni paytda Madina hamda Jidda yo‘nalishidagi barcha parvozlar to‘xtatilgan. Umra ziyorati uchun reyslar qachon qayta yo‘lga qo‘yilishi hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Mas’ul tashkilotlar vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgani, yo‘lovchilarga esa rasmiy manbalardagi yangiliklarni muntazam kuzatib borish tavsiya etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Andijondan uchgan samolyot Madinaga yetolmay ortga qaytdi