date

Shavkat Mirziyoyev va BAA Prezidenti mintaqadagi keskinlikni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va BAA Prezidenti mintaqadagi keskinlikni muhokama qildi

4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda so‘nggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat tobora keskinlashayotgani, nizo va ziddiyatlar avj olayotgani jiddiy tashvish uyg‘otayotgani qayd etildi.

Tomonlar muqaddas Ramazon oyida kuzatilayotgan bunday noxush holatlar xalqaro huquq tamoyillariga zid ekanini ta’kidladi. Shuningdek, tinchlik-osoyishtalikka tahdid solayotgan har qanday harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish zarurligi alohida urg‘ulandi.

Davlat rahbari ushbu murakkab damlarda O‘zbekistonning strategik sherigi va yaqin hamkori bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyati va xalqi bilan birdam ekanini bildirdi. Shuningdek, ayni paytda ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak, ularni Vataniga qaytarish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar uchun minnatdorlik izhor etdi.

O‘z navbatida, Amirliklar yetakchisi O‘zbekiston Prezidentining samimiy qo‘llab-quvvatlashi, birodarlik hurmati va hamjihatlik ruhi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev va BAA Prezidenti mintaqadagi keskinlikni muhokama qildi