O‘zbekistonda qaysi hudud aholisi eng yosh ekani ochiqlandi

1 daqiqa o'qish142
O‘zbekistonda qaysi hudud aholisi eng yosh ekani ochiqlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Milliy statistika qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatida O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil etgan.
  • Hududlar kesimida eng yosh aholi Qashqadaryo (27,7 yosh) va Surxondaryo (27,4 yosh) viloyatlarida qayd etilgan bo‘lsa, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga (32,7 yosh) to‘g‘ri keldi.
  • O‘zbekistondagi bu o‘rtacha ko‘rsatkich jahondagi 30,9 yoshdan past bo‘lib, mamlakat dunyoda aholisi nisbatan yosh davlatlar qatoriga kiradi.

O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi bo‘yicha yangi statistik ma’lumotlar ma’lum qilindi. Milliy statistika qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatida mamlakat aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil etgan.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda aholining o‘rtacha yoshi 32,7 yoshga teng. Keyingi o‘rinlarda Buxoro viloyati (31,1 yosh) va Toshkent viloyati (31 yosh) joylashgan.

Shuningdek, Navoiy viloyatida ushbu ko‘rsatkich 30,1 yoshni, Farg‘ona viloyatida 30 yoshni tashkil etgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholining o‘rtacha yoshi 29,8 yosh bo‘lsa, Andijon va Xorazm viloyatlarida 29,5 yoshdan qayd etilgan.

Namangan viloyatida o‘rtacha yosh 29 yoshni tashkil etgan. Sirdaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 28,7 yosh, Samarqand viloyatida 28,5 yosh va Jizzax viloyatida 28,4 yoshga teng bo‘lgan.

Eng yosh aholiga ega hududlar sifatida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari qayd etilgan. Mazkur hududlarda aholining o‘rtacha yoshi mos ravishda 27,7 va 27,4 yoshni tashkil qilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi 29,5 yoshlik o‘rtacha ko‘rsatkich jahondagi o‘rtacha 30,9 yoshdan ancha past hisoblanadi. Shu bois mamlakat dunyoda aholisi nisbatan yosh davlatlar qatorida tilga olinadi.

“Global Relocate” loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholisi eng yosh mamlakatlarda tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lib, umr ko‘rish davomiyligi nisbatan past bo‘ladi. Reytingda birinchi o‘rinni Markaziy Afrika Respublikasi egallagan bo‘lib, u yerda aholining o‘rtacha yoshi 14,3 yoshni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Niger (15,3 yosh) va Somali (15,4 yosh) qayd etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?