Toshkentdagi yirik elektr uzilishi to‘liq bartaraf etildi

Toshkentda «Yuksak» podstansiyasida sodir bo‘lgan avariyadan keyin elektr ta’minoti barcha iste’molchilar uchun to‘liq tiklandi. Energetika vazirligi xizmatlari nosozlik oqibatlarini 29 iyun kuni soat 03:56 da bartaraf etgan.
Texnologik uzilish 28 iyun kuni kechki soat 20:45 da qayd etilgan. Yakkasaroy tumanidagi 110 kV kuchlanishli tarmoqdagi texnik nosozlik Toshkent issiqlik elektr markazida ishlayotgan ikkita gaz-turbina uskunasining to‘xtashiga sabab bo‘lgan.
Avariya oqibatida Yakkasaroy, Chilonzor, Mirobod va Uchtepa tumanlarida, shuningdek, Zangiota tumanida elektr ta’minoti uzilgan. Jami 55 ming abonent vaqtincha toksiz qolgan. Bu Toshkent shahridagi umumiy iste’molchilarning 6,2 foiziga teng bo‘lgan.
Energiya yetkazib berish 28 iyun kuni soat 21:50 dan bosqichma-bosqich qayta yo‘lga qo‘yilgan. Barcha hududlarda elektr ta’minoti 29 iyun kuni soat 04:00 gacha tiklangan.
Ayni paytda mintaqaning elektr tizimi shtat rejimida ishlamoqda.































Izohlar 0
…