Iyulda O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha chiqishi mumkin

Sinoptiklar prognozlariga ko‘ra, O‘zbekistonda iyul oyi odatdagidan ancha issiq kelishi kutilmoqda. Oylik o‘rtacha havo harorati iqlim me’yoridan 1,5–3 daraja yuqori bo‘lishi mumkin.
Iyul oyining dastlabki kunlarida havo nisbatan mo‘tadil bo‘ladi. Birinchi o‘n kunlik oxiriga kelib esa harorat +37...+40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Janubiy hududlarda havo yanada issiq bo‘lib, +41...+43 darajaga yetishi mumkin. Ayrim davrlarda respublikaning ba’zi tumanlarida termometr ko‘rsatkichi +45 darajagacha chiqishi ehtimoli bor.
Oy davomida havo asosan quruq keladi. Yog‘ingarchilik kam bo‘lishi kutilmoqda.
Qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroqlar faqat tog‘ oldi hamda tog‘li hududlarda kuzatilishi mumkin.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…