Farg‘onada 4 magnitudali zilzila kuzatildi

Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekistonda 4 magnitudali yer qimirlashi qayd etildi. Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 21:07 da sodir bo‘lib, uning chuqurligi 13 kilometrni tashkil etgan. Epitsentri Toshkent shahridan 251 kilometr janubi-g‘arbiy tomonda joylashgan Quvasoy shahrida bo‘lgan. Yerosti silkinishlari Farg‘ona viloyatida 3-4 ball, Andijon viloyatida esa 2 ball darajasida sezilgan.
Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston hududida 4 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, yer qimirlashi mahalliy vaqt bilan soat 21:07 da sodir bo‘lgan. Zilzilaning magnitudasi 4 ballni, chuqurligi esa 13 kilometrni tashkil etgan. Uning epitsentri Toshkent shahridan 251 kilometr janubi-g‘arbiy tomonda joylashgan Quvasoy shahri hududida qayd etilgan. Koordinatalari 40,31 daraja shimoliy kenglik va 71,92 daraja sharqiy uzunlikni tashkil etadi.
Mutasaddilar ma’lumotiga ko‘ra, zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezilgan. Xususan, Farg‘ona viloyatida yer qimirlashi 3-4 ball kuch bilan, epitsentrdan 14 kilometr masofada his qilingan.
Shuningdek, Andijon viloyatida ham yerosti silkinishlari 2 ball darajasida, epitsentrdan 63 kilometr uzoqlikda sezilgani qayd etildi.






























Izohlar 0
…