30 iyun kuni Bektemirda gaz vaqtincha o‘chiriladi
1 daqiqa o'qish89

30 iyun kuni ta’mirlash ishlari sabab Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.
Gaz ta’minoti soat 11:00 dan 16:00 gacha cheklanadi. O‘chirilish «Oltintopgan», «Musaffo» va «Nurli yo‘l» mahalla fuqarolar yig‘inlarini qamrab oladi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
«Hududgaz Poytaxt» yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…