Tadbirkor foydasiga 1 mlrd 340 mln so‘m undirildi

1 daqiqa o'qish110
Tadbirkor foydasiga 1 mlrd 340 mln so‘m undirildi

Sud qarorining to‘liq ijro etilgani natijasida tadbirkorning mablag‘lari qayta tiklanib, uning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini uzluksiz davom ettirishi uchun muhim huquqiy va moliyaviy kafolat ta’minlandi.

Majburiy ijro byurosi Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyekti manfaatlarini himoya qilish va sud qarorlari ijrosini ta’minlash borasidagi navbatdagi ijobiy natijaga erishildi.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan qarzdor tashkilotdan undiruvchi MCHJ foydasiga 1 mlrd 340 mln so‘m miqdorida kompensatsiya undirish belgilangan ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgach, qonunchilikda belgilangan tartibda ijro ishi qo‘zg‘atildi.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning hisob raqamlari, avtotransport vositalari, ko‘chmas mulklari hamda bojxona orqali amalga oshiriladigan harakatlariga nisbatan tegishli cheklov va taqiq choralari qo‘llanildi.

Izchil va samarali olib borilgan majburiy ijro tadbirlari natijasida qarzdordan 1 mlrd 340 mln so‘m pul mablag‘i to‘liq undirilib, tadbirkorning hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

Mazkur ijro harakatlari tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy faoliyati uchun barqaror huquqiy muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar amaliy samara berayotganini ko‘rsatadi.

Majburiy ijro byurosi tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sud hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash borasidagi tizimli ishlarini davom ettirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?