Andijonda do‘ppi ichiga yashirilgan 35,6 ming dollar topildi

Andijon viloyatida bojxona xodimlari do‘ppi ichiga yashirilgan 35,6 ming AQSH dollarini qo‘shni davlatga olib chiqishga bo‘lgan urinishni aniqladi.
Holat Andijon viloyati bojxona boshqarmasining «Do‘stlik» chegara bojxona postida qayd etilgan. Qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan 51 yoshli fuqaro boshidagi do‘ppi ichiga naqd valyutani yashirgan.
Tekshiruv vaqtida 35,6 ming AQSH dollari topilgan. Ushbu mablag‘lar bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va xodimlarning og‘zaki so‘rovida ham ma’lum qilinmagan.
Naqd xorijiy valyuta protsessual tartibda olib qo‘yildi. Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston rezidentlari mamlakatdan 100 million so‘mgacha bo‘lgan ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutani olib chiqishi mumkin.































Izohlar 0
…