O‘zbekistonda eng ko‘p aholi qaysi hududda yashaydi?

O‘zbekiston hududlari orasida aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati birinchi o‘rinni egalladi. Bu 2026 yilda o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalarida qayd etilgan, deb xabar berdi UZ24.uz.
Samarqand viloyatida 4 million 404 ming 575 nafar aholi yashaydi. Farg‘ona viloyati 4 million 238 ming 911 nafar aholi bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.
Toshkent viloyati aholisi 3 million 763 ming 93 nafarni tashkil etgan va uchinchi o‘rinni egallagan. Qashqadaryo viloyatida 3 million 692 ming 323 nafar, Andijon viloyatida esa 3 million 531 ming 777 nafar aholi qayd etilgan.
Poytaxt Toshkent shahrida 3 million 224 ming 838 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu ko‘rsatkich bilan shahar respublika hududlari orasida oltinchi o‘rinda joylashgan.
Eng kam aholi Sirdaryo viloyatida yashaydi. U yerda 954 ming 361 nafar fuqaro bor. Navoiy viloyatida 1 million 184 ming 591 nafar, Jizzax viloyatida 1 million 524 ming 55 nafar aholi qayd etilgan.































Izohlar 0
…