O‘zbekistonda aholi soni hisob-kitobdan 810 ming nafarga ko‘p chiqdi

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalda yashayotgan aholi soni 39 million 47 ming 321 nafarni tashkil etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatga olish jarayonida aniqlangan haqiqiy ko‘rsatkich joriy statistik hisob-kitoblardagi raqamdan 810 ming 617 nafarga ko‘p chiqqan.
Shu tariqa, mamlakat aholisi 39 millionlik chegaradan oshgani qayd etildi. Yakuniy natijalar e’lon qilingach, hududlar va aholi tarkibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi mumkin.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…