Zarafshonda suv oqimi temiryo‘l infratuzilmasiga zarar yetkazdi

Zarafshonda suv oqimi temiryo‘l infratuzilmasiga zarar yetkazdi
Qisqacha

Zarafshon daryosidagi kuchli oqim temiryo‘l relslari yotqizilgan asosning bir qismini yuvib ketishi oqibatida xavfli holat yuzaga keldi. Tarqalgan videotasvirlarda temiryo‘l izi ostidagi tuproq va tosh qatlami suv ta’sirida yemirilgani aks etgan. Hozircha voqea qayerda va qachon sodir bo‘lgani, shuningdek, temiryo‘l qatnoviga cheklov kiritilgani haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.

Zarafshon daryosidagi kuchli suv oqimi temiryo‘l relslari yotqizilgan asosning bir qismini yuvib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Tasvirlarda temiryo‘l izi ostidagi tuproq va tosh qatlami suv ta’sirida yemirilganini ko‘rish mumkin. Natijada relslar o‘rnatilgan hududda xavfli holat yuzaga kelgan.

Hozircha voqea qayerda va qachon sodir bo‘lgani, temiryo‘l qatnoviga cheklov kiritilgani yoki yo‘qligi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Shuningdek, hodisa oqibatida jabrlanganlar borligi to‘g‘risida ham xabar yo‘q.

Temiryo‘l infratuzilmasining texnik holati va zarar ko‘lami bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning rasmiy munosabati kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar