O‘zbekistonda eng ko‘p pensionerlar yashaydigan hudud ma’lum qilindi

1 daqiqa o'qish167
O‘zbekistonda eng ko‘p pensionerlar yashaydigan hudud ma’lum qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma'lumotiga ko'ra, Farg'ona viloyati respublikada eng ko'p pensionerlar yashaydigan hudud bo'lib turibdi va bu yerda 515,4 ming nafar pensiya oluvchi istiqomat qiladi.
  • 2026 yilning birinchi yarim yilligi yakuniga kelib mamlakatimizda pensiya oluvchilar soni 4 million 361 ming 432 nafarga yetdi.
  • Ayni paytda O'zbekistonda o'rtacha oylik pensiya miqdori 1 million 688 ming so'mni, eng kam pensiya esa 878 ming so'mni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda qaysi hududda pensionerlar eng ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Farg‘ona viloyati respublikada birinchi o‘rinni egallab turibdi. Hududda har sakkiz nafar aholining biri pensiya oluvchi hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yilning birinchi yarim yilligi yakuniga kelib Pensiya jamg‘armasi tizimida pensiya oluvchilar soni 4 million 361 ming 432 nafarga yetgan. Bu esa mamlakat umumiy aholisining 11 foizdan ortiq qismi pensiya olishini anglatadi. Pensionerlarning 83 foizi yoshga doir, 11 foizi nogironlik, 6 foizi esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oladi.

Tahlillarga ko‘ra, 2025 yil iyulidan 2026 yil iyuliga qadar pensionerlar soni 158,9 ming nafarga, ya’ni 3,8 foizga oshgan. Ayni paytda mamlakat bo‘yicha o‘rtacha oylik pensiya miqdori 1 million 688 ming so‘mni, eng kam pensiya esa 878 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda 515,4 ming nafar pensioner istiqomat qiladi. Shuningdek, Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi pensionerlar respublikadagi jami pensiya oluvchilarning 41 foizini tashkil qiladi.

Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida qayd etilgan. U yerda 111,3 ming nafar pensioner yashaydi. Bu Farg‘ona viloyatidagi ko‘rsatkichdan 4,6 baravar kam ekani qayd etilgan.

Shuningdek, rasmiy prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya miqdori kelgusi yillarda ham bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Joriy yil yakunigacha uni 1,7 million so‘mga, 2027 yilda 1,8 million so‘mga, 2028 yilda 1,9 million so‘mga, 2029 yilga kelib esa 2,1 million so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?